» » 40 yoshli omadsiz erkakka aylangan mashhur bolakay: Makoley Kalkin hayotda ham “Uyda yolg‘iz” qoldi

40 yoshli omadsiz erkakka aylangan mashhur bolakay: Makoley Kalkin hayotda ham “Uyda yolg‘iz” qoldi


“Uyda yolg‘iz” komediyasi Amerika kino ijodkorlari tomonidan 1990-yilda suratga olingan. Film AQSh kino tarixidagi eng ko‘p daromad keltirgan komediyaga aylandi.

Mashhur filmning premyerasiga 30 yil to‘lgan bo‘lsa, komediyaning boshqa qahramoni kichkina Kevin Makkallister rolini ijro etgan Makoley Kalkin 26-avgust kuni 40 yoshni qarshi oldi. Mashhurlik va shon-shuhratni juda erta his etgan bolaning taqdiri qanday kechgani haqida so‘z yuritamiz.

Oilaviy muammolar

“Uyda yolg‘iz” filmining dastlabki ikki qismi aktyorning boshini aylantiradigan darajada muvaffaqiyat va katta daromadni tuhfa etdi. Ammo 10 yashar yulduz baxtli va betashvish bolalikni orzu qilardi.

Makoleyning otasi Kristofer Kalkin farzandini turli kino sinovlarga majburan olib borar, unga rol tanlar va taniqli o‘g‘li suratga tushishi uchun tasavvur qilib bo‘lmas darajada katta gonorarni talab etardi. Savodsiz va ochko‘z ota tufayli Makoley sayoz filmlarda ham suratga tusha boshladi.

1995-yil yil Makoley “Eng yomon erkak roli” ijrochisi deb topildi va shundan so‘ng uning karyerasiga kattagina nuqta qo‘yildi.

Qiziqarli fakt: 1995-yil Makoley Kalkin tarixda brinchi bo‘lib eng ko‘p maosh oladigan bolalar aktyoriga aylandi, u “Uyda yolg‘iz” filmi uchun 4,5 million dollar olgan.

Tushkunlik va muvaffaqiyatsiz kechgan shaxsiy hayot

Buni tan olish qanchalik qiyin bo‘lmasin, yoqimtoy bolakayning hayoti tamoman achinarli tomonga qarab ketdi. Aktyorlik faoliyati yakunlangan Makoley dastlab bunga achinmadi, ammo uning xatti-harakatlari orqali ichini qanday dard kemirayotganini bilish qiyin emasdi.

Aktyor 17 yoshida amerikalik aktrisa Reychel Maynerga uylandi. Tabiiyki, ularning oilasi uzoq vaqt yashamadi, juftlik ikki yildan so‘ng ajrashishga qaror qildi. Shuningdek, yulduzning yosh aktrisa Mila Kunis bilan o‘rnatilgan munosabati ham 9 yil davom etdi.

Qiziqarli fakt: Makoley Kalkin 2013-yil The Pizza Underground nomli musiqiy guruh tashkil etdi va repertuardagi barcha qo‘shiqlar aktyorning sevimli yeguligi pitssaga bag‘ishlangan edi.

Bir necha jiddiy munosabatlarning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi hamda oilaviy muammolar aktyorni chuqur tushkunlikka tushirdi. Bunday qiyin vaziyatda aktyor noqonuniy moddalar bilan o‘ralashib qoldi. Ilgari u vaqti-vaqti bilan kichik epizod rollarga taklif qilinar yoki teleshoularda suratga tushar edi, giyohvandlik moddalari sabab ish beruvchilarning omadsiz yigitga talabi susaydi.

Hayotga qaytish, yangi ism va yangi muhabbat

Hayotdagi turli qiyinchiliklar, muammolar, bularning barchasini tugatish uchun “Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi o‘zini qo‘lga olish uchun jiddiy kirishdi. 2018-yil aktyor ijtimoiy tarmoqlarda ancha faollashdi va dunyo bo‘ylab o‘z muxlislari bilan muloqot qila boshladi.

Aynan muxlislari unga kerakli inson ekanligini his qilishiga yordam berdi. Aktyor Twitter va Instagram sahifalari orqali muxlislari bilan tez-tez fikr almashib, hatto ismini o‘zgatirmoqchi ekanligi haqida ham aytib o‘tdi. Berilgan ovozlar natijasiga ko‘ra, aktyor muxlislari uni Makoley Kalkin sifatida yaxshi ko‘rishini va hammasini qaytadan boshlashga imkon borligini anglab yetdi.

Makoleyning hayotida ham quyosh nur socha boshladi, u 2017-yildan buyon maftunkor aktrisa va model Brenda Song bilan uchrashyapti. Endi esa barcha “Uyda yolg‘iz” qolgan Makoley tomoshabinlarni hayratga solishni bas qilib, ularning muhabbatini qaytarishini kutmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют