» » O‘zbekistonda karantin yumshatilgani bilan tibbiy niqob taqish asosiy talab bo‘lib qolayotgani aytildi

O‘zbekistonda karantin yumshatilgani bilan tibbiy niqob taqish asosiy talab bo‘lib qolayotgani aytildi


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibullo Oqilov karantin choralari yumshatilgan bo‘lsa ham tibbiy niqob taqish asosiy talablardan bo‘lib qolayotganini bildirdi.

Mavzuga doir: “Karantin yumshatilishi u bekor qilinganini anglatmaydi” — Maxsus komissiya murojaat bilan chiqdi

Jumladan, aholidan kelgan savollardan birida niqob taqish talabining hozirgi kundagi holati va uning nazorati kimlarga yuklatilgani borasida so‘ralgan.

Tibbiy niqob taqilishi bo‘yicha talab bekor qilinmagan. Aksincha, tibbiy niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash va gigiyenik talablarga rioya qilish asosiy talablar bo‘lib qolmoqda. Epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlari ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari bilan birgalikda tizimli ravishda reydlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan va talablarga rioya etmaslik uchun ma’muriy jazolar belgilangan.

Habibullo Oqilov, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashgani sababli 10-iyuldan 1-avgustgacha mamlakatda qat’iy karantin choralari joriy qilingan, 10-iyuldan to‘ylar, oilaviy va ommaviy tadbirlar taqiqlanib, avtotransport harakati cheklangan, keyinroq karantin cheklovlari 15-avgustga qadar uzaytirilgan edi. 15-avgustdan boshlab esa cheklovlar yumshatilgan edi. Biroq Respublika maxsus komissiyasi 15-avgustdan keyin ham bir qator karantin cheklovlari saqlab qolinishini bildirgan va unda “fuqarolarning jamoat joylarida ijtimoiy masofani (2 metr) saqlashi, tibbiy niqobda bo‘lishi. Bunda ular tomonidan sanitar talablar buzilgan taqdirda qat’iy choralar (jarimaga tortish) ko‘riladi”, deya qayd etilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют