» » Shavkat Mirziyoyev Moldova prezidentini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Moldova prezidentini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moldova prezidenti Igor Dodonni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston rahbari Moldova prezidentini 27-avgust — Moldova Mustaqilligi kuni bilan qutladi.

Ma’lumot uchun, 27-avgust Moldovada Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan kun sifatida nishonlanadi, milliy bayram va dam olish kuni hisoblanadi.

Moldova SSRda 1991-yil 27-avgust kuni Buyuk milliy majlis chaqirilgan va unda Parlament Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish uchun ovoz bergan.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni mazkur mamlakatlarning Mustaqillik kunlari bilan tabriklagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют