» » Bo‘stonliq tumaniga Jo‘rabek Ahmedov hokim etib tayinlandi

Bo‘stonliq tumaniga Jo‘rabek Ahmedov hokim etib tayinlandi


Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumaniga Jo‘rabek Ahmedov hokim etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyat hokimligining xabar berishicha, 27-avgust kuni tuman Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman deputatlari tomonidan Bo‘stonliq tuman hokimi lavozimiga Jo‘rabek Ahmedovning nomzodi ko‘rib chiqildi va tumanga hokim etib tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar Jo‘rabek Ahmedov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Investitsiyalarni jalb qilish va turizm infratuzilmasini rivojlantirish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bo‘stonliq tumaniga 2018-yildan buyon G‘ayrat Madaminov hokimlik qilayotgandi. 2020-yil avgust oyi o‘rtalarida Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining turizm salohiyati juda yuqoriligiga qaramasdan, uzoq yillar davomida bundan yetarlicha foydalanilmaganini ta’kidlagandi.

Shu sababli, davlat rahbari ushbu hududni to‘liq turistik zona sifatida rivojlantirish va rejadagi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida bosh vazir o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga (hozirda bu lavozimni Aziz Abduxakimov egallab turibdi) parallel ravishda, yangi tajriba tariqasida Bo‘stonliq tumaniga rahbarlik vazifasini yuklatish taklifini bergandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют