» » Qashqadaryoda koronavirus asoratlaridan vafot etganlar 10 nafarga yetdi

Qashqadaryoda koronavirus asoratlaridan vafot etganlar 10 nafarga yetdi


Qashqadaryo viloyati koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha O‘zbekistonda 3-o‘ringa chiqib oldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 27-avgust kuni Qashqadaryo viloyatida ikki nafar erkak vafot etganini xabar qildi. Kasbi tumanida yashovchi 45 yoshli G‘.H. va Mirishkor tumanida yashovchi 36 yoshli Q.R. ismli erkaklar vafot etgan. Bemorlar aynan qaysi kuni vafot etganiga aniqlik kiritilmagan.

Qashqadaryodagi koronavirusning ilk qurboni haqida SSV 1-iyul kuni axborot bergandi, ammo uning o‘limi aslida 29-iyun kuni ro‘y bergani keyinroq ma’lum bo‘lgandi. Yangi o‘lim holatlaridan so‘ng Qashqadaryoda koronavirus qurbonlari soni 10 nafarga yetdi.

Hozirda SSV jadvaliga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Toshkent shahri (205 qurbon) va Toshkent viloyatidan (34 qurbon) so‘ng uchinchi o‘ringa chiqib oldi. Keyingi o‘rindagi Buxoroda 8 kishi vafot etgan.

Viloyatda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 27-avgust 17:00 holatiga ko‘ra 927 nafarni tashkil etmoqda. Kasallanganlarning 821 nafari sog‘aygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют