» » Uzbekistan Airways Toshkent—Vladivostok—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha charter reys amalga oshiradi

Uzbekistan Airways Toshkent—Vladivostok—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha charter reys amalga oshiradi


O‘zbekiston maxsus komissiyasi ko‘rsatmalariga binoan, O‘zbekiston fuqarolarini vataniga qaytarish maqsadida Uzbekistan Airways AJ tomonidan 2020-yil 31-avgust kuni Toshkent—Vladivostok—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha charter repatriatsiya qatnovi amalga oshiriladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, qatnov quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda (mahalliy vaqt ko‘rsatilgan):

Toshkent—Vladivostok. Toshkentdan ketish vaqti — soat 05:20, Vladivostokka kelish — soat 17:20.

Vladivostok—Toshkent. Vladivostokdan ketish — soat 19:20, Toshkentga kelish — soat 22:05.

Toshkent—Vladivostok yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni aviakompaniya filialining Markaziy sotuvlar ofisida Uzbekistan Airways Sales jonli navbat tartibida, yo‘lovchining shaxsan o‘zi quyidagi hujjatlarning asl nusxasi bilan kelgan taqdirdagina sotib olishi mumkin:

Kompaniya xabarida tushunmovchiliklarning oldini olish uchun aviachiptalarni sotib olishni tezlashtirishda o‘z xizmatlarini ishonarli tarzda taklif etadigan shubhali shaxslardan yordam so‘ramaslik so‘ralgan.

“Aviachiptada ko‘rsatilgan narxni Uzbekistan Airways AJ filialining kassasida to‘lagan pulingiz bilan solishtirishingizni tavsiya qilamiz. O‘zingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qiling! Sizga yoqimli parvozni tilaymiz!”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq xorijdagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish bo‘yicha navbatdagi charter reyslar jadvali tasdiqlangan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 18:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют