» » Tesla egalari boshqa mamlakatlardagi o‘zgalarning avtomobilini ham boshqarishi mumkin

Tesla egalari boshqa mamlakatlardagi o‘zgalarning avtomobilini ham boshqarishi mumkin


Tesla elektromobillarining turli davlatlardagi bir necha egalari markaning rasmiy ilovasidagi xatolikdan shikoyat qilmoqda. Ular o‘zgalarning elektrokarlarini ko‘rishni boshlagan — ba’zida turli mamlakatdan bir nechta donagacha, deb yozadi InsideEVs.

Tesla avtomobilining birinchi “nuqsoni” haqida apreldayoq ma’lum bo‘lgandi. O‘shanda Sietlda istiqomat qiluvchi fuqaro 2019-yilning kuzida sotib yuborgan Model 3’ni ilova orqali ko‘rib qolgan. Mobil dastur amerikalikka Ukraina yo‘llari bo‘ylab harakatlanayotgan avtomobilni boshqarish imkonini bergan.

Oradan biroz vaqt o‘tgach dasturdagi muammo haqida yana ikki nafar Tesla modeli egasi ma’lum qilgan.

Xitoylik fuqaroning avtomobili kutilmaganda ilovadan yo‘qolib qolgan, buning ustiga ekranda Yevropadagi boshqa beshta mashina paydo bo‘lgan. Avtomobillarni masofadan turib boshqarish to‘liq ochiq bo‘lgan.

Mart oyida esa Model 3 xarid qilgan britaniyalik o‘z smartfonidagi ilovadan mashina “uchib ketganini” payqab qolgan. Aniqlanishicha, keyinroq avtomobil boshqa ofisdagi hamkasbining ilovasidan “topilgan”.

Avtomobil ishlab chiqaruvchi hozircha o‘zining rasmiy dasturidagi nuqsonlar borasida hech qanday izoh bermagan.

Mavzuga doir: Tesla Model 3’ning ruli harakat vaqtida uzilib tushdi

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida J.D.Power tahlil kompaniyasi yangi mashinalarning sifati bo‘yicha avtomobil kompaniyalari reytingini tuzib chiqqan edi. O‘shanda zavoddan nuqsoni bilan chiqqani uchun tanqidlarga tez-tez uchrab turadigan Tesla ro‘yxatning so‘nggi pog‘onasidan o‘rin olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 18:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 36) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют