» » Superliga. Nasaf Lokomotiv darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi

Superliga. Nasaf Lokomotiv darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi


Futbol boyicha Coca-Cola Superliga 13-turida Lokomotiv jamoasi 27-avgust, payshanba kuni Nasafga qarshi bahs yuritdi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida Bobur Abduxoliqov qarshiliklarni oldinga olib chiqqan bolsa, 26-daqiqada Sharof Muhitdinov ikkinchi golni urdi.

Ikkinchi bolimda ham ajdarlar ikki bor Lokomotiv darvozasiga yol topa oldi. 63-daqiqada Oybek Bozorov maydon markazidan tezlik olib darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va hisobni yirik korinishga olib keldi. 71-daqiqada Islom Kenjaboyev yakuniy hisobni ornatdi 0:4.

Shu tariqa ushbu galabadan keyin Nasaf ochkolarini 23 taga yetkazib olgan holda 3-oringa kotarildi. Temiryolchilar (12) esa hozircha 10-orinda qolmoqda.

Coca-Cola Superliga

13-tur bahsi

27-avgust, payshanba

Gollar: 0:1 10 Abduxoliqov, 0:2 26 Muhitdinov, 0:3 63 Bozorov, 0:4 71 Kenjaboyev.

Lokomotiv: Javohir Ilyosov, Davron Umirov (Avazbek Olmasaliyev 11), Kaxi Maxaradze (Javohir Alijonov 81), Vadim Afonin, Marat Bikmayev (Shahzod Shaymanov 81), Temurxoja Abduxoliqov, Dilshodjon Komilov, Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod Fayziyev, Diyor Turopov, Farruh Ibrohimov (Slavko Damyanovich 32).

Nasaf: Abduvohid Nematov, Husniddin Aliqulov, Dilshod Saitov, Bobur Abduxoliqov, Sharof Muhitdinov, Husain Norchayev (Islom Kenjaboyev 68), Akmal Mozgovoy (Murodbek Xojamberdiyev 84), Sherzod Nasrullayev (Dilshod Rahmatullayev 73), Oybek Bozorov (Faysal Traore 84), Marko Stanoyevich (Golib Gaybullayev 68), Umar Eshmurodov.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (27-08-2020, 20:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
:
-
:
20 ... -