» » Xiaomi Mi 10T Pro: kompaniyaning yangi flagmaniga oid ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Xiaomi Mi 10T Pro: kompaniyaning yangi flagmaniga oid ma’lumotlar paydo bo‘ldi


Xiaomi o‘zining flagman lineykalari uchun beshta smartfondan iborat yangi qurilmalarni tayyorlab qo‘ydi — Mi 10, Mi 10 Pro, Mi 10 Lite, Mi 10 Lite Zoom va Mi 10 Ultra. Endilikda “o‘nlar” kolleksiyasidan Xiaomi Mi 10T Pro ham o‘rin oldi, deb xabar beradi XDA Developers.

Ikkita yangi devays taqdim etiladi: Mi 10T va Mi 10T Pro. Kichik model Apollo, kattasi esa Apollo pro shartli nomi bilan ma’lum.

Suratlardan ko‘rish mumkinki, smartfon frontal kamera qirqimiga ega ulkan displeyga ega bo‘lgan. Ekranga oid batafsil ma’lumotlar oshkor etilmagan, biroq yozishlaricha, unga 144 gertsli OLED-matritsa o‘rnatilgan. Qurilma ichiga Snapdragon 865 yoki Snapdragon 865+ o‘rnatilishi kutilmoqda.

Standart Xiaomi Mi 10T’ning asosiy kamerasi 64 megapiksellni tashkil etadi. Pro versiyasiga 108 megapikselli datchik o‘rnatiladi. Ikkala qurilmadan ham uchtalik kamera o‘rin oladi.

Mi 10T Pro sig‘imi 5000 mA/soatga teng akkumulyator yordamida ishlaydi, tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega bo‘ladi.

Yangi devays nafaqat Xitoyda, balki boshqa bir nechta bozorlarda taqdim etilishi kutilmoqda. Yaqin vaqtlar ichida gadjetlarning texnik tavsifi va ularning narxiga oid ma’lumotlar paydo bo‘lishi kerak.

Avvalroq Xiaomi Mi 10 Ultra’ning rekord darajadagi keng burchakli kamerasi reallikni keskin buzib ko‘rsatayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 20:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют