» » O‘zbekiston va Xitoy turizm sohasida hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Xitoy turizm sohasida hamkorlikni kengaytiradi


O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Usmonov 26-aprelda Xitoyning turizm ishlari bo‘yicha davlat boshqarmasi raisi o‘rinbosari Du Tsizin bilan Pekin shahrida uchrashdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi

 

Du Tsizin O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi va mazkur tashrif xitoylik soha rahbarlari, turoperatorlar uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Du Tsizin Xitoy turoperatorlari uchun O‘zbekistonda infotur tashkil qilish, O‘zbekiston vizasini olish jarayonlarini soddalashtirish, xitoylik sayyohlarning O‘zbekiston hududida bank kartalaridan foydalanish uchun sharoitlar yaratish, xitoy tilini biluvchi gidlarni ko‘paytirish va xitoy tilida telekanal ochish, Markaziy Osiyo mamlakatlari turizm ittifoqini tuzish, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasining Xitoydagi vakolatxonasini ochish kabi bir qator tadbirlarni o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-04-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют