» » Aleksandr Lukashenko namoyishlarda qatnashgan talabalarni armiyaga chaqirish bilan tahdid qildi

Aleksandr Lukashenko namoyishlarda qatnashgan talabalarni armiyaga chaqirish bilan tahdid qildi


Belarus oliy o‘quv yurtlarining talabalari namoyishlarda ishtirok etgani sababli harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi, deb yozmoqda Meduza.

“Ular siyosiy munosabatlarda talabalarni gijgijlay boshladi: 1-sentabr kuni mashg‘ulotlarga kelasiz — ko‘chalarga chiqasiz va hokazo. Siz tushunishingiz kerakki, o‘g‘il bolalarga o‘qish vaqtida harbiy xizmatni kechiktirganmiz. O‘qishni xohlashmasa, vatanni himoya qilish kerak”, — deya ma’lum qilgan Lukashenko.

Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, bu masalada allaqachon unga mudofaa vaziri murojaat qilgan.

“Bundan keyin nima bo‘lishini tasavvur qilyapman. Men talabalarni armiyaga jo‘natish bilan qo‘rqitayotganimni ta’na qilishadi. Yo‘q! Qaytaraman: kim o‘qishni xohlasa, o‘sha o‘qiydi, harbiy xizmati kechiktiriladi. Kim ko‘chaga chiqsa yoki o‘qishni xohlamasa, qonun bo‘yicha chora ko‘ramiz”, — deya qo‘shimcha qilgan Belarus rahbari.

Uning ishonch bildirishicha, “ko‘chadagilarni eplay oladi”. “Tinchlik, xotirjamlik va amaldagi prezidentni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishlarga, taxminan, 3 million kishi chiqdi. Bizning elektoratimiz nisbatan sokin: faxriylar, pensionerlar, mutaxassislar. Ular o‘z ishini biladi, ishlashyapti. Shu sababli biz uchun ovoz bergan 80 foizga ega bo‘lamiz”, — dedi Lukashenko.

Belarusda 9-avgustdan Lukashenkoning iste’fosini talab qilib, namoyishlar boshlandi. 16-avgustdan mamlakat rasmiylari Minskda va boshqa shaharlarda Lukashenkoni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishlar tashkil qilishni boshladi.

Avvalroq Lukashenko davlat mafkurasini qo‘llab-quvvatlamaydigan o‘qituvchilar maktabda ishlamasligi kerakligini aytgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют