» » Buxoro viloyatining Vobkent hamda Jondor tumani IIB boshliqlari o‘zgardi

Buxoro viloyatining Vobkent hamda Jondor tumani IIB boshliqlari o‘zgardi


Buxoro viloyatining Vobkent hamda Jondor tumanida ichki ishlar bo‘limi boshliqlari lavozimida o‘zgarish bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘iga ko‘ra, podpolkovnik Abduvohid Jalilov Jondor tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. U tayinlovga qadar Vobkent tuman IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

“Ichki ishlar tizimida faoliyat samaradorligini oshirish hamda kadrlar salohiyatini orttirish kun talabiga aylandi. Shunga ko‘ra, ayni kunga qadar Olot tumani IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan polkovnik Azizjon Ashurov Vobkent tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi”, — deydi Shuhrat Jalolov.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют