» » Yevropa Ittifoqining savdo bo‘yicha komissari karantin rejimini buzgani uchun ishdan bo‘shadi

Yevropa Ittifoqining savdo bo‘yicha komissari karantin rejimini buzgani uchun ishdan bo‘shadi


Yevropa Ittifoqining savdo bo‘yicha komissari Fil Xogan koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan qoidani buzgani sababli kelib chiqqan mojaro tufayli iste’foga chiqdi. Uning iste’foga chiqish haqidagi arizasini The Irish Times nashri e’lon qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, u golf-klub tomonidan Irlandiya g‘arbida uyushtirilgan ziyofatga borgan. Ziyofatda Fil Xogandan tashqari 80 dan ortiq mehmon bo‘lgan. Irlandiyada esa ayni paytda ommaviy marosimlar o‘tkazish taqiqlangan.

Fil Xogan o‘z arizasida bayon etishicha, uning Irlandiyaga tashrifi ortidan kelib chiqqan mojarolar uni ishdan chalg‘itdi va kelgusi oylardagi faoliyatiga putur yetkazishi mumkin edi.

“Mening Irlandiyaga tashrifim shunday xavotir, vahima va ko‘ngilsizlik uyg‘otganidan afsusdaman. Men Irlandiyada COVID-19 tufayli joriy etilgan barcha cheklovlarga doim amal qilishga harakat qilganman va sog‘liqni saqlash tizimi ko‘rsatmalariga rioya etib kelyapman, ayniqsa COVID-19’ga test sinovlarim manfiy chiqqandan keyin”, — degan Xogan.

U, shuningdek, tashrif davomida yo‘l qo‘ygan xatolari uchun Irlandiya xalqidan uzr so‘ragan va u jamoat vakili sifatida koronavirus bilan bog‘liq tavsiyalarga qat’iyroq amal qilishi lozim bo‘lganini tan olgan.

Avvalroq Shotlandiya bosh shifokori karantinni buzgani uchun iste’foga chiqqani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют