» » Foto: Toshkent ko‘chalaridagi yangi Chevrolet Malibu

Foto: Toshkent ko‘chalaridagi yangi Chevrolet Malibu


Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchilaridan biri Toshkent shahri ko‘chalarida yangi Chevrolet Malibu sedanini ko‘rganini ma’lum qilib, mashinaning surati bilan bo‘lishdi. Bu haqda “1news.uz” xabar bermoqda.

“Yangi Malibu endi Toshkent ko‘chalarida”, – deb yozdi surat muallifi.

Xabarda qayd etilishicha, 26-aprel kuni GM Uzbekistan matbuot xizmati mahalliy bozor uchun mo‘ljallangan yangi Chevrolet Malibu avtomobillari ishlab chiqarilishi haqida ma’lum qilgandi.

Yangi Malibu hajmi 185 ot kuchiga ega 2,5 litrga teng benzinli motor bilan jihozlangan. Avtoulov 6 bosqichli avtomat ravishda tezlikka solish qutisiga ega.

Yangilangan Chevrolet Malibu’da iqlim nazorati, 7 dyuymga teng sensorli ekranga ega media-tizim, boshqaruvchi g‘ildiraklar va old o‘rindiqlarning isitilishi hamda 8 ta xavfsizlik yostiqchasi kabi funksiyalar bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Chevrolet Malibu’ning yangi avlodi 2015-yili Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan motor-shouda namoyish qilingandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-04-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 45) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют