» » Qoraqalpog‘istonda harbiylar uchun qurilgan yangi uylar foydalanishga topshirildi

Qoraqalpog‘istonda harbiylar uchun qurilgan yangi uylar foydalanishga topshirildi


27-avgust kuni O‘zbekiston Mustaqilligining 29 yilligi arafasida Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti asosida qurilgan 2 ta ko‘p qavatli turar joy binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Yangi xonadon kalitlarini topshirish marosimida Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari Jengisbay Yembergenov, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni Farhodjon Shermatov, Nukus garnizoni harbiy prokuraturasi rahbariyati, harbiy xizmatchilar oilalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etgan.

Tadbir davomida oxirgi 3 yilda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugda 300 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar uchun imtiyozli ipoteka krediti asosida 8 ta uy qurilgani ta’kidlandi.

Axborotda qayd etilishicha, Nukus garnizonidagi “Vatanparvar” mahallasida bunyod etilgan ikkita 5 qavatli uyda 30 ta xonadon mavjud.

Shuningdek, xabarda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi va Qoraqalpog‘iston bilan hamkorlikda Mudofaa ishlari boshqarmasining yangi binosini qurish, “Nukus” poligoni infratuzilmasini takomillashtirish borasida ishlar davom ettirilayotgani aytilgan.

Tadbir davomida yangi xonadon egalariga kalitlar tantanali tarzda topshirildi. Mehmonlar yangi xonadonlarga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar uylariga kirib, ularga oilaviy baxt va omad tiladi, deyiladi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 06:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют