» » Toshkentda avtobuslar 30, 31-avgust va 1-sentabr kunlari dam olish kuni hisobida harakatlanadi

Toshkentda avtobuslar 30, 31-avgust va 1-sentabr kunlari dam olish kuni hisobida harakatlanadi


Shavkat Mirziyoyevning “2020-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan Mustaqillik bayrami kunlari aholining dam olishi uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida 2020-yilning 29-avgust — shanba dam olish kuni 31-avgust — dushanba kuniga ko‘chirildi.

Shu munosabat bilan “Toshshahartransxizmat”AJ bayram kunlaridagi avtobus qatnovlarini bir qator o‘zgarishlardan kelib chiqib yo‘lga qo‘ymoqda.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, 29-avgust kuni avtobuslar harakat jadvali ish kuni hisobida shakllantiriladi. Qayd etilishicha, 30, 31-avgust va 1-sentabr kunlari avtobuslar dam olish kuni hisobida harakatlanadi.

Kompaniya yo‘lovchilardan mazkur kunlarda jamoat transportidan foydalanganda yuqoridagi o‘zgarishlarni inobatga olishlarini so‘ragan.

Avvalroq “Toshshahartransxizmat” 2 ta avtobus yo‘nalishi harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirish kiritgani haqida xabar qilingandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 07:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют