» » Ko‘rinmas kameraga ega smartfon tafsilotlari oshkor bo‘ldi

Ko‘rinmas kameraga ega smartfon tafsilotlari oshkor bo‘ldi


TCL kompaniyasi korpusida biror-bir kamerasi, jumladan, asosiy kamerasi ham ko‘rinmaydigan smartfonni patentladi, deb xabar beradi LetsGoDigital.

Noma’lum devays boshqa smartfonlarga qaraganda displeyi atrofidagi hoshiyalarning kengaygani bilan ajralib turadi. Biroq qiziq tomoni — orqa panelida sensorlar mavjud emas.

Shu bilan birga, qurilma korpusining yuqori qismi qolgan smartfonlarga qaraganda qalin, bu yashirin kamera konstruksiyasiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ammo TCL’ning patent hujjatlarida bu haqida hech narsa deyilmagan. Kompaniya orqa paneldagi ko‘rinmas kamera moduli uchun OnePlus Concept One texnologiyasidan foydalangan bo‘lishi mumkin. Smartfon orqa qismi shishali panelga ega bo‘lib, kameralardan foydalanilganida shaffofga aylanadi.

An’anaviy ravishda olib qaraganda, patentlar ishlab chiqaruvchi tez orada rostan ham shu kabi dizaynga ega smartfonni taqdim etishini anglatmaydi. Hozircha hatto kamerasi ekran ostida joylashtirilgan texnologiyalarining ko‘plab prototiplari mavjudligiga qaramay, bu kabi qurilmalar sotuvda mavjud emas.

Avvalroq Xiaomi aylanuvchi kameraga ega smartfon ustida ish boshlagani, ZTE esa ko‘rinmas frontal kameraga ega birinchi smartfonni taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Kamerasi ekran ostidan o‘rin olgan birinchi smartfonning texnik tavsiflari oshkor bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 09:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют