» » Bo‘stonliq tumaniga yangi prokuror, IIB va davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i tayinlandi

Bo‘stonliq tumaniga yangi prokuror, IIB va davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i tayinlandi


27-avgust kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Bo‘stonliq tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Bo‘stonliq tumaniga Jo‘rabek Ahmedov hokim etib tayinlangani haqida xabar berilgandi. “Yangi O‘zbekiston” gazetasining yozishicha, tuman hokimi bilan birga sektor rahbarlari ham o‘zgargan.

Tuman prokurori vazifasiga O‘ktam Saidov tayinlangan. U O‘ktam Saidov 1973-yilda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tug‘ilgan. Shu paytga qadar O‘ktam Saidov Surxondaryo viloyati prokurori, Sherobod tumani prokurori, Bosh prokuratura bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasiga Zarif Zokirov tayinlangan. U hozirgacha Davlat soliq qo‘mitasi Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan edi.

Zarif Zokirov shu vaqtga qadar Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq ma’muriyatchiligi bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasiga Sherzod Shermuhamedov tayinlangan. U 1977-yilda Toshkent viloyati Qibray tumanida tug‘ilgan.

Shu paytga qadar u Chirchiq shahar IIB boshlig‘i, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili – markaz boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2020-yil avgust oyi o‘rtalarida Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining turizm salohiyati juda yuqoriligiga qaramasdan, uzoq yillar davomida bundan yetarlicha foydalanilmaganini ta’kidlagandi. Shu sababli davlat rahbari ushbu hududni to‘liq turistik zona sifatida rivojlantirish va rejadagi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida bosh vazir o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga (hozirda bu lavozimni Aziz Abduhakimov egallab turibdi) parallel ravishda yangi tajriba tariqasida Bo‘stonliq tumaniga rahbarlik vazifasini yuklatish taklifini bergandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 09:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют