» » “Manchester Siti” Messi transferi uchun 100 mln yevro va uch futbolchisini berishga tayyor

“Manchester Siti” Messi transferi uchun 100 mln yevro va uch futbolchisini berishga tayyor


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirishga yaqin turibdi.

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar qilishicha, argentinalik futbolchi “shaharliklar” bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga yaqin turibdi.

Endilikda gap faqat klublar o‘rtasidagi transfer muzokaralarida qolmoqda. “Manchester Siti” moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmaydigan taklif tayyorlamoqda.

Diario Sport versiyasiga ko‘ra, “Manchester Siti” Messi transferi uchun 100 million yevro va uch nafar futbolchisi: Gabriel Jezus, Bernardu Silva va Erik Garsiyani berishga tayyor. O‘z navbatida Jezus varianti katalon klubiga yoqmayapti, biroq Bernardu va Garsiya “Barselona” uchun qiziq ko‘rinmoqda.

Agar “Barselona” kelishuvga futbolchilar aralashtirishga rozi bo‘lmaydigan bo‘lsa, u holda Messining transferi “Manchester Siti” uchun katta pulga aylanib ketadi.

“Shaharliklar” transfer uchun kamida 200 million funt sarflashi kutilmoqda. Bundan tashqari Messiga taklif etiladigan uch yillik shartnoma uchun 300 million funt ketishi taxmin qilinmoqda. Shu tariqa argentinalik iqtidorning transferi ingliz klubiga yarim milliard funtga tushishi mumkin.

Mavzuga doir: 

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 10:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют