» » Xitoyda koronavirusga chalingan bemor 7 oy davomida davolandi

Xitoyda koronavirusga chalingan bemor 7 oy davomida davolandi


Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida joylashgan Guanchjou shahri kasalxonasida shifokorlar koronavirusdan sog‘aygan bemorga javob berdi. U gospitalda 7 oy davomida davolangan, deb xabar beradi “TASS”.

Ma’lum qilinishicha, 62 yoshli erkak yanvar oxirlarida koronavirusga chalingan holda kasalxonaga olib kelingan. Shundan so‘ng bemorning ahvoli og‘irlashgan, shifokorlar uning qonini kislorod bilan boyitish uchun ekstrakorporal membrana oksigenatsiya apparatiga ulab qo‘ygan.

Bemor oradan 111 kun o‘tgach, may oxirlariga kelib organizmida qayta tiklanish alomatlari paydo bo‘lganidan keyin apparatdan uzilgan.

Shifokorlarning tushuntirishicha, bemorning bu qadar uzoq davolanishiga uning semizlik, gipertoniya, astma kabi boshqa kasalliklardan ham aziyat chekkani sabab bo‘lgan.

Avvalroq britaniyalik 35 yoshli ayol koronavirusdan tuzalishga rekord darajada uzoq vaqt sarflagani to‘g‘risida xabar berilgandi. U koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan kasalxonaga yotib, 141 kun davomida davolangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 12:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют