» » Andijonda 300 grammdan ortiq gashish giyohvand moddasini 4000 dollarga sotayotgan fuqaro qo‘lga olindi

Andijonda 300 grammdan ortiq gashish giyohvand moddasini 4000 dollarga sotayotgan fuqaro qo‘lga olindi


Andijon viloyat IIB hamda bojxona boshqarmasi xodimlari 300 grammdan ortiq gashish giyohvand moddasini 4 ming dollarga sotayotgan marhamatlik fuqaroni qo‘lga oldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 11-avgust kuni soat 16:00 da ichki ishlar boshqarmasi hamda bojxona boshqarmasi xodimlari ishtirokida Marhamat tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqaro M.Sh. Marhamat tumani hududida 323,11 gramm gashishni fuqaro Q.Y.dan olib, xolis xaridorga 4 ming dollarga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Shuningdek, fuqaro M.Sh.ning egnidagi kiyimlari ko‘zdan kechirilganida 0,27 gramm, fuqaro M.A.ning mobil telefoni g‘ilofi ichidan 0,88 gramm hamda uning boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinasi salonidan 0,73 gramm gashish giyohvand moddasi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) hamda 276-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют