» » Buxoroda qariyb 4 mln so‘m pul va telefon o‘g‘irlagan navoiylik fuqaro qo‘lga olindi

Buxoroda qariyb 4 mln so‘m pul va telefon o‘g‘irlagan navoiylik fuqaro qo‘lga olindi


Buxoro viloyatida o‘g‘rilikka qo‘l urgan navoiylik fuqaro qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida yashovchi 34 yoshli fuqaro N.O. Buxoro viloyatining Kogon tumanida tungi soat 02:00 dan 03:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida fuqaro Sh.J.ning ochiq qoldirilgan eshigidan hovlisiga kirib, eshigi qulflanmagan do‘konidan 3 million 900 ming so‘m naqd pul o‘g‘irlagan.

Shuningdek, hovli burchagiga qo‘yilgan muzlatkich ustida turgan bahosi 1 million 800 ming so‘mlik bir dona Redmi 7 rusumli uyali aloqa telefonini ham o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Kogon tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida fuqaro N.O. qo‘lga olingan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv jarayonlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют