» » Keyt Uinslet “Avatar-2” filmida suratga tushish uchun 7 daqiqa davomida nafas olmaslikni o‘rgandi

Keyt Uinslet “Avatar-2” filmida suratga tushish uchun 7 daqiqa davomida nafas olmaslikni o‘rgandi


Britaniyalik aktrisa Keyt Uinslet “Avatar-2” filmidagi roli uchun yetti daqiqa mobaynida nafas olmay turishni o‘rgandi. Aktrisa bu haqda The Hollywood Reporter’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Rejissor Jeyms Kemeron suratga olayotgan kartinada aktrisaning suv ostida hech qanday uskunalarni ishlatmasdan nafas olmay turishi (freediving)ga to‘g‘ri keldi.

“Bu mumkin bo‘lmagan narsa edi. Ammo men eng ko‘pi bilan 7 daqiqa-yu 14 soniya nafas olmay turdim. Aqldan ozdiradigan ish”, – deydi aktrisa.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Avatar-2” filmida “suv odami” rolini ijro qilmoqda, ammo sujet haqida boshqa tafsilotlar bilan bo‘lishmagan, sababi bu sir tutilish kerak.

Ushbu kartina Keyt Uinslet va Jeyms Kemeronning “Titanik”dan keyingi hamkorlikdagi aktrisa bosh rolni ijro etayotgan birinchi film hisoblanadi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, rejissor bilan ishlash ajoyib tarzda kechmoqda, Kemeron ancha xotirjam va o‘zini tutib olgan.

“Avatar-2” filmining premyerasi 2022-yilning dekabr oyiga rejalashtirilgan. Filmning bosh rollarida tomoshabinlar Sigurni Uiver, Sem Uortington, Zoi Saldana va Joel Devid Murni ko‘rishi mumkin. Film voqealarining asosiy qismi afsonaviy Pandora sayyorasidagi okeanda bo‘lib o‘tadi. Kartinada avatar Jeyk Sallining avvalgi yerdagi oilasi tarixi va muhabbati hamda sevgilisi avatar Neytiri haqida hikoya qilinadi.

From the set of the sequels: @ZoeSaldana, Sam Worthington, Kate Winslet, and Cliff Curtis taking a break from underwater performance capture for a quick photo!

Fun fact: Much of the performance capture took place in this 900,000 gallon tank, built specifically for the sequels. pic.twitter.com/NSfqoZ6jXJ

— Avatar (@officialavatar) May 13, 2020

Twitter tarmog‘ida tarqalgan suratlarda aktyorning liboslari va detallardan kelib chiqib, OAV kartinaning yangi qismi Pandoraning suvosti dunyosi haqida bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют