» » Pakyaoning murabbiyi: “Menni Konor Makgregorni 3 raund ichida tamom qiladi”

Pakyaoning murabbiyi: “Menni Konor Makgregorni 3 raund ichida tamom qiladi”


Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Menni Pakyaoning murabbiyi Jastin Forchun shogirdining UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregor bilan tashkil etilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy jangi haqida gapirib o‘tdi.

“Bu yigitni boy qilgandan bizga ne naf? Konor bilan jang Menniga hech narsa bermaydi. Pakyao Konorni uch raund ichida yo‘q qilib tashlay oladi. Menni juda ham tezkor va Konor uchun juda ham kuchli. U hech narsa ko‘rsata olmaydi. Menni esa faoliyatini yakunlagandan so‘ng tarixga eng buyuk bokschi sifatida kiradi. Konor esa MMA jangchisi, xolos. U boks tushishni bilmaydi. Hammasi juda oddiy”, — deydi Jastin Forchun.

Ma’lumot uchun, Menni Pakyao faoliyati davomida 62 ta jangda g‘alaba qozongan, 39 tasida nokaut bilan. 7 ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan. 2 ta jangda esa durang qayd etgan. Konor Makgregor esa MMA’dagi faoliyati davomida 22 ta jangda g‘alaba qozongan, 19 tasi nokaut evaziga. 4 ta jangda esa mag‘lub bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют