» » Rossiyada havodagi koronavirusni aniqlovchi qurilma yaratildi

Rossiyada havodagi koronavirusni aniqlovchi qurilma yaratildi


S.A.Zverev nomidagi Krasnogorsk zavodi “Armiya-2020” forumi doirasida havodagi viruslarni, jumladan, COVID-19’ni ham aniqlay oladigan Rossiyadagi ilk qurilmani taqdim etdi. Bu haqda korxona bosh direktori Aleksandr Novikovga tayanib, Hi-Tech.Mail.ru xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Detektor-BIO” nomini olgan tibbiy-biologik qurilma nafaqat virus borligini, balki bakteriya va toksinlarni ham aniqlay oladi.

“Bu Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Gamaleya instituti bilan hamkorlikdagi ixtiro. Bu kabi qurilma yordamida havoning avtomatik tahlili uchun patogen va boshqa omillar konsentratsiyasidan kelib chiqib, 10 daqaqadan 30 daqiqagacha vaqt sarflanadi”, — deydi Novikov.

Qurilmani sinovdan o‘tkazish ishlari iyunda yakunlangan, uning sertifikatsiyasi tayyorlanmoqda, shu sababli buyurtmalar haqida hozircha gapirishga erta.

“Biroq biz maksimal darajada tayyormiz va zarurat tug‘ilganida buyurtmachi qancha xohlasa, shuncha tayyorlab bera olamiz. Muhim jihati, qurilma havodagi turli patogenlarni aniqlay oladi, shu sababli uni fuqarolik maqsadlarida ham, biologik xavfsizlikni ta’minlashda ham foydalanish mumkin”, — deya ta’kidlaydi zavod direktori.

“Detektor-BIO” bir vaqtning o‘zida 86 ta virusli infeksiya kasalliklari va bakteriya qo‘zg‘atuvchilarini, shuningdek, avtomatik rejimda atrof-muhitdagi toksinlarni aniqlashga qodir.

Tahlil ikkita mustaqil usul yordamida amalga oshiriladi — polimeraza zanjir reaksiyasi va immunofluoressensiya usullari. Qurilma odamlar ommaviy to‘planadigan joylarda, ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda xavfsizlikni ta’minlashga mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, mart oxirlarida Rossiyada koronavirusni yuqori aniqlikda aniqlovchi test yaratilgan edi.

Mavzuga doir: Rossiyada gripp va koronavirusga qarshi yagona vaksina yaratilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 15:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют