» » Arkanzasda 1 hafta davomida to‘rtinchi mahbus o‘lim inyeksiyasi yordamida qatl etildi

Arkanzasda 1 hafta davomida to‘rtinchi mahbus o‘lim inyeksiyasi yordamida qatl etildi


AQShning Arkanzas shtatida bir hafta davomida to‘rtinchi mahbus qatl etildi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Bungacha shtat rasmiylari 10 yildan ortiq vaqt davomida hech kimni qatl etmay kelayotgandi.

Mavzuga doir: Arkanzasda aprel oxirigacha sakkiz kishi qatl etiladi. Sabab — o‘lim inyeksiyasining yaroqlilik muddati tugayapti

38 yoshli sudlanuvchi Kennet Uilyams sport jamoasini qo‘llab-quvvatlovchi 19 yoshli qizni o‘ldirgani uchun qattiqqo‘l rejim ostidagi qamoqxonada jazo o‘tayotganida turmadan qochib, ikki kishini o‘ldirdi. Mahbusning advokatlari himoya ostidagi mijozi aqlan zaif ekanini ta’kidlashiga qaramay, AQSh Oliy sudi ularning apellyatsiyasini rad etdi va uni qatl etilishiga qaror chiqardi.

Guvohlarning aytishicha, o‘lim inyeksiyasi yordamida amalga oshiriladigan qatl jarayonida Uilyams yo‘talib, bir muddat talvasa tortgan. Ekpertlar o‘lim inyeksiyasi qatl jarayonida mahbuslarga haqiqatdan ham jismoniy azob berish-bermasligi borasida hamon tortishadi. Odatda advokatlar apellyatsiya vaqtida aynan mana shu dalilga asoslanadi.

Mavzuga doir: AQShda 17 yil mobaynida ilk bor ikki jinoyatchi bir kunda qatl etildi

Arkanzas shtatida qisqa vaqt ichida qatlliklar ko‘payib ketishi 30-aprel kuni o‘lim inyeksiyasining yaqorlilik muddati o‘tib ketishi bilan bog‘liq. O‘limga hukm qilingan yana to‘rt kishi qatl jarayonni ma’lum muddatga qoldirish borasida yutib chiqdi, ammo mahalliy prokuratura ushbu qarorlarga shikoyat arizasini berdi.

Mavzuga doir: Arkanzasda 7 nafar mahbusning qatli tibbiy preparatlar ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan tortishuv tufayli qoldirildi

So‘nggi yillarda AQShning ba’zi shtatlari o‘lim inyeksiyasi uchun zaharli moddalar defitsitiga uchramoqda. Buning asosiy sababi sifatida qatl etilishga qarshi chiqayotgan Yevropa ishlab chiqaruvchilarining AQShga zaharli moddalarni yetkazib berishni to‘xtatgani ko‘rsatilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-04-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют