» » Tramp Xitoy bilan muammolar oldini olish uchun Tayvan rahbari bilan suhbatlashishdan bosh tortdi

Tramp Xitoy bilan muammolar oldini olish uchun Tayvan rahbari bilan suhbatlashishdan bosh tortdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Tayvan yetakchisi Say Invenning yana bir marta telefon orqali suhbatlashish haqidagi taklifini rad etdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.

Tramp o‘z qarorini Pekin Shimoliy Koreyani jilovlashga yordam berayotgan bir paytda Xitoy prezidenti Si Szinpinga muammolar yaratishni istamasligi bilan izohladi.

“Mening muammom shundaki, prezident Si Szinpin bilan juda yaxshi munosabatlarni o‘rnatdim”, — deydi siyosatchi agentlikka va Xitoy rahbari Pxenyanning yangi raketa va yadro sinovlari oldini olishda AQShga ko‘mak berish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilayotganligini haqiqatda his etayotganligini ta’kidladi.

“Shu tariqa men unga biror bir qiyinchilik tug‘dirishni istamayman”, — deya ta’kidladi Amerika yetakchisi.

Tramp Tayvan yetakchisi Say Inven bilan 2016-yilning dekabrida birinchi marta telefon orqali suhbatlashgan edi. 1979-yildan buyon Vashington “yagona Xitoy” siyosatiga amal qilib, Pekinni Xitoy vakili sifatida tan olib kelganligi tufayli Associated Press bu suhbatni “o‘ta noodatiy” deb atagan edi. Bu suhbatdan so‘ng Pekin AQShga diplomatik protest bildirgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-04-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют