» » Microsoft Word dasturiga audioyozuvni matnga aylantiruvchi funksiyani qo‘shdi

Microsoft Word dasturiga audioyozuvni matnga aylantiruvchi funksiyani qo‘shdi


Microsoft kompaniyasi o‘zining Word matnlar muharririga audioyozuvlarni matnga aylantirish funksiyasi Transcribe’ni qo‘shdi. Funksiya nutqni bevosita uning yozilishi vaqtida matnga aylantirishi yoki yuklangan faylning matn holatdagi ko‘rinishini aks ettirishi mumkin.

Endilikda foydalanuvchilar dasturda biror nutq yozishlari yoki unga mp3, wav, m4a yoki mp4 formatidagi audio va videoyozuvlarni yuklashlari mumkin. Tayyor matnni esa tahrir qilib, asosiy faylga qo‘shsa bo‘ladi. Agar nutq yozilishida ikki kishi ishtirok etgan bo‘lsa, Transcribe buni ko‘rsatadi.

Foydalanuvchi rasshifrovka qilingan matn bo‘yicha harakatlanib, uning muayyan parchasiga audioyozuvda to‘g‘ri keluvchi parchaga o‘tishi, audioni turli tezlikda tinglashi mumkin.

Ushbu funksiya Microsoft 365 servisi foydalanuvchilari uchun veb-versiyada mavjud va hozircha inglizcha nutqlarni matnga o‘giradi. Kompaniya boshqa tillarni keyinroq qo‘shishga va’da bermoqda.

Biroq audioyozuvlar bilan ishlashda ba’zi cheklovlar mavjud: fayl 20 megabaytdan kichik bo‘lishi, rasshifrovka qilinadigan audioyozuv davomiyligi esa oyiga 5 soatdan oshmasligi kerak. Ayni vaqtda qo‘shimcha vaqt va megabayt sotib olish imkoni yo‘q. Kompaniya funksiyaning mobil versiyasini shu yilning oxiriga qadar taqdim etadi.

Mavzuga doir: Microsoft Word, Excel va PowerPoint’ni bitta ilovada birlashtirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 18:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют