» » Dunyodagi eng tezkor limuzin sotuvga qo‘yildi (foto)

Dunyodagi eng tezkor limuzin sotuvga qo‘yildi (foto)


Avstraliyada dunyodagi eng tezkor limuzin Ferrari 360 Modena sotuvga qo‘yildi. Sotuvchi o‘z turidagi yagona bo‘lgan superkarni 400 ming dollarga sotishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Daily Mail.

Avtomobil hozirga qadar 65 ming kilometr yo‘l bosgan. Ferrari 360 Modena 100 kilometr tezlikka olti soniyada erishadi. Limuzinning maksimal tezligi esa 270 km/soatga teng.

Limuzin hajmli ovoz, yorug‘lik diodli yoritish tizimiga ega. Salonga 10 kishi sig‘a oladi.

Avtomobil o‘z turi orasida eng tezkor mashina va eng uzun Ferrari sifatida Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют