» » Ukraina sudi Viktor Yanukovich va uning atrofidagilarga tegishli 1,5 mlrd dollarni musodara qilishga ruxsat berdi

Ukraina sudi Viktor Yanukovich va uning atrofidagilarga tegishli 1,5 mlrd dollarni musodara qilishga ruxsat berdi


Ukraina sudi sobiq prezident Viktor Yanukovich va uning atrofidagilarga tegishli hamda avvalroq xatlangan 1,5 milliard dollarni musodara qilishga ruxsat berdi. Bu haqda Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi matbuot xizmatiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda. 

“Oxirgi instansiya sudi qaroriga muvofiq, Yanukovich va uning komandasiga tegishli 1,5 milliard dollar musodara etildi. Bosh prokuror Yuriy Lutsenko va kengash kotibi Aleksandr Turchinov ‘Oshchadbank’ rahbariyatiga sud qarorini yetkazdi va bu haqda prezidentga hisobot berish uchun yo‘l oldi. Ayni paytda mazkur mablag‘ni davlat budjetiga o‘tkazish amalga oshirilmoqda”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Oshchadbank”da Viktor Yanukovich va sobiq bosh vazir Nikolay Azarovning bir milliard dollardan oshiq mabalag‘i saqlangan. Ular hisob raqamlaridagi “toza kesh” va qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida ekanligi bildirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-04-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют