» » Hamidjon Aktamov: “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinda 2 ochko yo‘qotdik

Hamidjon Aktamov: “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinda 2 ochko yo‘qotdik


“Qizilqum” menejeri Hamidjon Aktamov Coca-Cola Superliga 13-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor”ga qarshi o‘yindan (1:1) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bu o‘yinda ikki ochko yo‘qotdik deb o‘ylayman. Yutadigan o‘yinimiz edi. Penalti bo‘lgan vaziyatni ko‘rib chiqish kerak. Futbolchilarimga e’tiroz yo‘q, ularga rahmat aytaman. G‘alaba qozonishimiz kerak edi. Qiyin o‘yin bo‘ldi. “Bunyodkor” jamoasida yaxshi futbolchilar jamlangan, ko‘pchiligi o‘z akademiyasidan chiqqan. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham bor. Ularga omad tilayman.

Vaziyatlarni yakunlashda yaxshi o‘ynay olmadik? Raqibimiz “Bunyodkor” edi. Aytganimdek tarkibida tajribali va terma jamoamiz a’zolari bor. Ular ham qarshilik ko‘rsatdi. To‘g‘ri ko‘p hujum qildik, menimcha ozgina omad yetishmadi.

Hamidjon Aktamov, “Qizilqum” menejeri

“Qizilqum” 10 ochko bilan musobaqa jadvalining 11-pog‘onasida bormoqda. Jamoa keyingi turda “Nasaf”ga qarshi bahs olib boradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют