» » Vadim Abramov: Noto‘g‘ri o‘ynaganimiz uchun g‘alaba qozona olmayapmiz

Vadim Abramov: Noto‘g‘ri o‘ynaganimiz uchun g‘alaba qozona olmayapmiz


“Bunyodkor” bosh murabbiyi Vadim Abramov Coca-Cola Superliga 13-turi doirasida “Qizilqum”ga qarshi kechgan o‘yindan (1:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Afsuski, durang o‘ynadik. Navbatdagi bor durang bo‘ldi. So‘nggi paytlarda noto‘g‘ri o‘ynayapmiz, raqib o‘yiniga moslashib qoldik. Shu bois durang bo‘ldi. Afsuski, qulay vaziyatdan keyin gol ura olmadik va undan keyin raqib gol urdi. Futbol shunday, seni darhol jazolaydi.

Ketma-ket duranglar balki, har uch kunda o‘ynayotganimiz bilan bog‘liqdir. Menimcha, biz noto‘g‘ri o‘ynaganimiz uchun ko‘p durang qayd etdik. Agar to‘g‘ri o‘ynaganimizda g‘alaba qozona olardik.

“Qizilqum” transferlar oynasi vaqtida tarkibni kuchaytirib oldi. Biz raqibga o‘ynashga imkoniyat berdik. Natija shunday bo‘lganiga o‘zimiz aybdormiz.

Vadim Abramov, “Bunyodkor” bosh murabbiyi

“Bunyodkor” 13-turdan keyin 23 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda “Surxon” bilan o‘ynaydi.

Mavzuga doir: Hamidjon Aktamov: “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinda 2 ochko yo‘qotdik

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 22:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют