» » Kreml Rossiya kuchishlatar tuzulmalaridan iborat zaxira Belarusga kerak bo‘lmasligiga umid qilmoqda

Kreml Rossiya kuchishlatar tuzulmalaridan iborat zaxira Belarusga kerak bo‘lmasligiga umid qilmoqda


Kreml Aleksandr Lukashenko iltimosiga binoan tuzilgan Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari zaxirasi Belarus hududida foydalanilmaydi deb hisoblamoqda. Meduza’ning xabar berishicha, bu haqda jurnalistlar bilan suhbatda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“O‘zingga hisob berish juda muhim va prezident ham bu aynan zaxira ekanligi, uni ishga solishga hech qanday zarurat yo‘qligini ta’kidladi. Prezident Putin undan foydalanilmaydi degan fikrda. Biz ham prezident ta’riflagandek qatlis vaziyatgacha yetib bormasligiga, Belarus bunday vaziyatga duch kelmasligiga umid qilyapmiz”, — degan Kreml vakili.

Rossiya Belarus xavfsizlik kuchlariga emas, balki mamlakat aholisiga, fuqarolik jamiyatiga yordam bera oladimi, degan savolga Peskov “Bu gipotetik fikrlash. Siz-u biz xavfsizlik kuchlari tartib bilan harakat qilayotgani, o‘z vazifalarini juda to‘g‘ri va o‘ta ehtiyotkorlik bilan bajarayotganiga guvoh bo‘lyapmiz”, deb javob bergan.

Eslatib o‘tamiz, 27-avgust kuni “Rossiya” telekanaliga bergan intervyusida Vladimir Putin huquqni muhofaza qilish organlaridan iborat zaxira tuzilganini ma’lum qilgandi. Prezident uning Aleksandr Lukashenkoning iltimosiga binoan amalga oshirilganini aytgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 22:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют