» » O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan bir qator davlat xizmatchilari, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlari mukofotlandi

O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan bir qator davlat xizmatchilari, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlari mukofotlandi


Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

“Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, barcha sohalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, xalqimiz farovonligini oshirishga qo‘shgan munosib hissasi, xalqaro standartlarga mos ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish, qulay investitsiya muhitini yaratish va eksport salohiyatini oshirish, hududlar infratuzilmasini takomillashtirish, shahar va qishloqlarimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirish yo‘lidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda millatlararo do‘stlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlaridagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin”, — deyiladi farmonda.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor” faxriy unvoni bilan

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni bilan

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador” faxriy unvoni bilan

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi” faxriy unvoni bilan

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni bilan

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni bilan

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi” faxriy unvoni bilan

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi” faxriy unvoni bilan

“El-yurt hurmati” ordeni bilan

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

“Do‘stlik” ordeni bilan

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

“Sog‘lom turmush” medali bilan

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

“Jasorat” medali bilan

“Shuhrat” medali bilan

(100 yoshdan oshganlar)

“Shuhrat” medali bilan

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni mustaqillikning 29 yilligi munosbati bilan fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at va OAV xodimlarini, shuningdek koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlaridan bir guruhini taqdirlash haqidagi farmonlarni imzolagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 23:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют