» » O‘zbekistonda mobil aloqa operatorlarining abonentlari SIM-karta raqamini boshqa kompaniyaga o‘tkazganda ham saqlab qolishi mumkin

O‘zbekistonda mobil aloqa operatorlarining abonentlari SIM-karta raqamini boshqa kompaniyaga o‘tkazganda ham saqlab qolishi mumkin


Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga ko‘ra, mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi asosida abonentga ajratilgan abonent raqamini boshqa mobil aloqa operatori bilan yangi shartnoma tuzishda saqlash va undan foydalanish mumkin, deyiladi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanalidagi ma’lumotda.

Misol uchun, UzMobile abonenti bo‘lgan fuqaro telefon raqamini o‘zgarishlarsiz aynan shu ko‘rinishda (kodi bilan birga) Beeline abonenti sifatida rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi. Buning uchun mobil aloqa kompaniyasi bilan tegishli shartnoma tuziladi.

Ushbu hujjat 2020-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi.

“Gazeta.uz” mamlakatdagi mobil aloqa kompaniyalaridan biridagi mutaxassis bilan suhbatlashgan va u mazkur xizmatning operatorlar texnik jihatdan tayyor bo‘lganida ishga tushirilishini ma’lum qilgan.

Raqamni ko‘chirib o‘tkazish xizmatini joriy qilish O‘zbekistonda 2018—2021-yillarda elektron tijoratni rivojlantirish dasturida belgilab qo‘yilgan. Shu yili dekabr oyida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi abonent raqamini mobil aloqa tizimida ko‘chirishni (“mobil qullik”ni bekor qilish) ko‘zda tutgan hujjat loyihasini muhokamaga qo‘ygan.

Unitel MChJ (Beeline) sobiq direktori Dmitriy Shukov “mobil qullikni” bekor qilish biroz kechikib amalga oshirilayotgan tashabbus ekani, chunki mobil telefon raqamlarini ko‘chirish texnologiyasi dunyoda 15 yil avval joriy qilinganini qayd etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 23:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют