» » Qirg‘izistonda ham Mustaqillik bayrami tantanalari tomoshabinlarsiz o‘tadi

Qirg‘izistonda ham Mustaqillik bayrami tantanalari tomoshabinlarsiz o‘tadi


2020-yil 31-avgust kuni Qirg‘iziston poytaxtidagi Ala-Tov markaziy maydonida prezident So‘ronboy Jeenbekov ishtirokida Mustaqillik bayrami munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkaziladi. Bu haqda Qirg‘iziston madaniyat, axborotlashtirish va turzim vazirligiga tayanib “Kg24” xabar qilgan.

Qirg‘izistonda ham koronavirus sabab yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat tufayli mazkur tadbir onlayn-formatda o‘tkaziladi. Tomoshabinlar tantanalarda ishtirok etmaydi. Xalq sayillari ham o‘tkazilmaydi.

Tadbirlar mahalliy telekanallarda to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish qolinadi va translyatsiya soat 10:00 da (mahalliy vaqt bilan) boshlanadi. Konsert dasturi 1 soatga mo‘ljallangan. Soat 22:00 da Ala-Tov maydonida mustaqillik shodiyonalari munosabati bilan mushak otiladi.

Avval Tojikistonning barcha shaharlari va tumanlarida koronavirus infeksiyasi sababli Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan an’anaviy ommaviy tadbirlar 2020-yilda tashkil qilinmasligi haqida xabar berilgandi.

O‘zbekistonda ham Mustaqillikning 29 yillik bayrami katta yig‘in va sayillarsiz o‘tadi, bayram oila davrasida nishonlanadi. Bayram arafasida o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 06:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют