» » Bekhemdan Ronaldugacha. “Real”ning APL klublaridan amalga oshirgan eng yaxshi 5 transferi haqida

Bekhemdan Ronaldugacha. “Real”ning APL klublaridan amalga oshirgan eng yaxshi 5 transferi haqida


“Real Madrid” dunyoning eng kuchli klublaridan biri sifatida har doim eng yaxshi futbolchilar bilan shartnoma imzolab kelgan. Aytish mumkinki, klubning eng omadli transferlarining aksariyatini Angliya Premyer Ligasidan jalb etilgan futbolchilar tashkil etadi.

O‘tgan yillar davomida “qirollik klubi” dunyoning eng kuchli besh ligasidan biri bo‘lgan Premyer Ligadan ko‘plab futbolchilarni xarid qildi, hozircha ularning eng so‘nggilari Eden Azar va Tibo Kurtua bo‘lib turibdi. Ba’zi bir futbolchilar yakunda issiq joyini tashlab, Madridga kelganiga afsuslangan bo‘lsa, boshqalari tom ma’noda “Real” afsonalariga aylangan. Quyida “Real”ning APL klublaridan amalga oshirgan eng omadli 5 ta transferi haqida hikoya qilinadi.

Devid Bekhem

Devid Bekhem deyarli “Barselona”ga o‘tishga arafasida edi, hatto “Yunayted” va katalon klubi shartnoma borasida ham kelishib olgandi, ammo Bekhem to‘satdan “Real”ga o‘tishga qaror qiladi va Galaktikosning bir qismiga aylanadi.

Bekhemning qo‘lga kiritilgani Madrid uchun juda muhim ahamiyat kasb etardi, boisi klub uni sovrinlar yutish, golllar urish uchun emas (albatta, bular shundoq ham futbolchi bajarishi shart bo‘lgan ishlar), balki klub brendini jahon bo‘ylab tarqatish va va muxlislar sonini ko‘paytirish uchun kerak edi. Boisi Bekhemning mashhurligi allaqachon futbol doirasidan tashqariga chiqib bo‘lgandi.

Bu Bekhem “Real”da sport borasida hech nima qilmagan degani emas, albatta. Angliyalik futbolchi yakunda “Real” safida ikkita sovringa ega chiqadi.

Xabi Alonso

Bir yo‘la uch klubning afsonasi bo‘lish chakana ish emas. Aynan Xabi Alonso o‘zining “Real Sosyedad”, “Liverpul” va “Real”dagi o‘yinlari bilan mana shunday mavqega erishgan.

Yarim himoya maestrolarining aksariyati “Barselona”da o‘ynagan bir paytda, “Real” Alonsoga har qachongidan ham muhtoj edi. “Qaymoqranglilar” “El-Klasiko”da “Barsa” bilan raqobatlashish uchun o‘rta chiziqni kuchaytirishi shart va zarur edi, Alonso esa ushbu bo‘shliqni a’lo darajada to‘ldirib berdi.

“Liverpul”dan taxminan, 30 million funt evaziga xarid qilinib, boshqa transferlar orasida unchalik ham sezilmay qolgan bo‘lsa-da, Alonso darhol asosiy tarkibning bir qismiga aylandi. Joze Mourinyo boshchiligida uning Sami Xedira bilan markazda ko‘rsatgan o‘yinlari Xavi–Inyesta tandemidan aslo qolishmasdi.

U “Real” safida erishish mumkin bo‘lgan barcha yutuqlarni qo‘lga kiritdi. 2014-yilda esa Xabi Madridni tark etib, “Bavariya”ga ko‘chib o‘tib, o‘sha yerda faoliyatini yakunladi.

Garet Beyl

Garet Beyl “Real”dagi mavqeyiga tuzatib bo‘lmas darajada zarar yetkazgan bo‘lsa ham (o‘yinlari va ketishni istamasligi bilan), uni APLdan amalga oshirilgan eng yaxshi transferlardan biri ekanligini inkor etib bo‘lmaydi.

O‘sha paytda (2013-yil) rekord darajadagi 100,8 million yevroga “Tottenhem”dan sotib olingan Beyl o‘ng qanotda Krishtianu Ronalduning aksi bo‘lishi kutilgandi. Buning uchun Beylda hamma narsa yetarli edi: tezlik, dribling va kuchli zarba. Biroq Beylning peshonasiga “Real” yulduzi bo‘lish yozilmagan ekan. Buning ustiga unga surunkali jarohatlar ham tinchlik bermadi.

Shu tariqa u 2017/18-yilgi mavsumda Zinedin Zidanning ishonchini yo‘qotdi, Xulen Lopetegi va Santyago Solari davrida o‘zini ko‘rsata olmadi. Zidan qaytganida esa Beylda o‘z pozitsiyasini o‘zgartirish imkoniyati deyarli nolga teng edi, aftidan, u bunga harakat ham qilib ko‘rmagandek.

Beyl “Real” bilan Beyl 4-marta Chempionlar Ligasida, 4 bor klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida, 2 bor La Ligada, 3-marta UEFA Superkubogida va 1-martadan Ispaniya Kubogi xamda Ispaniya Superkubogida g‘alaba qozongan. Bundan natijaga istalgan futbolchi faqat havas qilishi mumkin. Shunday emasmi? U yuqorida qayd etilgan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritilishida muhim rol o‘ynaganini ham inkor etish mushkul, shu sababli ham Beyl ushbu ro‘yxatda uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan.

Luka Modrich

2012-yilning yozida “Tottenhem”dan yana bir transfer amalga oshirildi. 30 million yevro evaziga Luka Modrich xarid qilindi. O‘shandan keyin xorvatiyalik futbolchi dunyoning eng yaxshi markaziy yarim himoyachilaridan biriga aylandi.

Modrich Madridga kelganida ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun kurashdi. Ispan nashrlari esa uni mavsumning eng yomon transfer deb atadi. Biroq kutilmaganda Modrich aslida hammasi boshqacha ekanini isbotlab, tanqidchilarning ovozini o‘chirib qo‘ydi.

Shundan so‘ng yarim himoyachi faqat yaxshilandi va haqli ravishda “qaymoqranglilar” afsonasi maqomini qo‘lga kiritdi. U klubda 17 ta sovrinni qo‘lga kiritgan, jumladan to‘rt martadan UEFA Chempionlar Ligasi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida, ikki marta La Liga, bir bor Ispaniya Kubogida g‘olib chiqqan.

Mundialdagi (2018-yilgi) charchoq tufayli yuzaga kelgan (2018/19-yilgi mavsumda) pasayishdan so‘ng Modrich yana yuqori formasiga qaytdi, ayniqsa, karantindan so‘ng u barchaga 34 yoshida ham ancha-muncha narsalarga qodir ekanini isbotladi.

Krishtianu Ronaldu

Boshqa kim ham bo‘lishi mumkin?! 438 ta uchrashuv 451 ta gol, 4 ta bor Chempionlar Ligasida, 3-martadan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati va UEFA Superkubogida, shuningdek, La Liga, Ispaniya kubogi va mamlakat Superkubogida ham 2-martadan bosh sovringa ega chiqqan. Bundan tashqari, ko‘plab shaxsiy yutuqlar shubhasiz, uni klubning barcha davrlardagi eng yaxshi o‘yinchisiga aylantirdi.

2009-yilda “Real” Ronaldu uchun “Manchester Yunayted”ga 94 million yevro (o‘sha payt uchun rekord darajadagi summa) sarflagandi, ammo Krish sarflangan mablag‘larning oxirgi tiyinigacha oqlaganiga hech kimda shubha bo‘lmasa kerak. Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted”dan “Real”ga o‘tishi “qirollik klubi” uchun nafaqat APL, balki klub tarixidagi eng yaxshi transfer hisoblanadi.

Retro gollar:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 07:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют