» » Surxondaryoda 21 kishini avtomobil yukxonasida olib ketayotgan haydovchi jarimaga tortildi

Surxondaryoda 21 kishini avtomobil yukxonasida olib ketayotgan haydovchi jarimaga tortildi


Surxondaryo viloyatida “GAZ” rusumli avtomashina yukxonasida 21 nafar kishini qonunga xilof tarzda tashigan haydovchiga chora ko‘rildi. Bu haqda IIV YHXBB xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 27-avgust kuni Surxondaryo viloyati YPX inspektorlari tomonidan avtomobil yukxonasida qonunga xilof ravishda 21 kishini ortib harakatlanayotgan haydovchi to‘xtatilgan.

Aniqlanishicha, 1981-yilda tug‘ilgan haydovchining yonida avtotransport haydash uchun ruxsat beruvchi hujjatlari bo‘lmagan. Inspektorning nega buncha ko‘p odam ortgani haqidagi savoliga haydovchi, yo‘lovchilarning avtomashinasi buzilib qolganini aytadi.

Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan jarima jazosi qo‘llanilgan. Avtomashina esa jarima maydonchasiga kiritilgan.

Avvalroq Surxondaryoda Changan avtomashinasi yukxonasiga 35 kishini ortgan haydovchiga chora ko‘rilgandi. Bu haydovchi ham avtotransport vositasini hujjatlarsiz boshqargani aniqlangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 07:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют