» » Burak Ozchivit va Neslihan Atagul ortasiga sovuqchilik tushishiga nima sabab bolgan? Sevgi iztirobi serialining kadr ortidagi voqealari

Burak Ozchivit va Neslihan Atagul ortasiga sovuqchilik tushishiga nima sabab bolgan? Sevgi iztirobi serialining kadr ortidagi voqealari


Ozbek teletomoshabinlari qalbidan joy olgan, 2015-yilda ekran yuzini korgan Sevgi iztirobi turk serialining suratga olish maydonchasidagi malumotlar bilan bolishamiz.

Har ikki ijodkor ham ushbu mavzu haqida fikr bildirishni istamaydi. Suratga olish jarayonining boshida hammasi yaxshi bolgan keyinchalik esa ular ortasidagi munosabatlar darz ketgan. Buning sababi turli taxminlar bilan bilan boglanadi, ammo eng kop tarqalgan va haqiqatga yaqini Neslixonning turmush ortogi Kadirning rashki sabab hisoblanadi.

Ajablanarlisi, Sevgi iztirobiga qadar Kadir va Burak dostona munosabatda bolgan hatto Kichik sirlar filmida birga suratga tushgan. Lekin Sevgi iztirobida Neslixon va Burakning sevishganlar roliga kirishib ketganini aktrisa turmush ortogining asablari kotara olmagan. Osha vaqtda boshlangan sovuqchilik bugungi kunda ham oz tasirini yoqotmagan, aktyorlar ortasida salom-alik yoqolgan. Qizigi filmda Nihon, Amirdan nafratlangan, lekin hayotda Neslixon, Burakdan farqli olaroq Kaan bilan iliq munosabatda.

Qiziqarli fakt: Serial qahramonlari yashagan uy dekoratsiya va u filmni suratga olish jamoasiga ijaraga berilgan.

Bosh qahramonlar ortasidagi sovuqchilikni hisobga olmaganda suratga olish maydonchasida yaxshi muhit bolgan. Burak hazillari bilan jamoani kuldirgan, raqslari bilan boshqalar kayfiyati kotarilishiga sababchi bolgan.

Kaan Urganjiogluning tanaffus vaqtidagi eng sevimli mashguloti filmdagi ogay qizi apelsin Arven Beren bilan oynash bolgan. Filmda chaqaloq bolgan Arven hozir 4 yoshda. Uning Instagram sahifasida 900 ming kuzatuvchi bor.

Qiziqarli fakt: Amir rolini avvaliga aktyor Furkan Andich ijro qilishi kerak bolgan. Lekin noaniq sabablarga kora u mazkur loyihada ishtirok etishdan bosh tortgan.

Film fojia bilan tugaganiga qaramay, suratga olish ishlari yakunlanganidan song ijodkorlar uchun ziyofat tashkillashtirilgan va jamoaning har bir azosi mazkur loyihani iliq xotiralar bilan esga olishini takidlagan.

2017-yilda Sevgi iztirobi eng yaxshi xorijiy telenovella yonalishi boyicha Emmi mukofotiga loyiq deb topilgan. Sevgi iztirobi mazkur mukofot berilgan ilk turk seriali bolgan.

Malumot uchun, Sevgi iztirobi Zor TV xususiy kanali orqali ilk marta 2017-yil sentabridan boshlab namoyish etilaboshlandi.2018-yil fevral oyida Ozbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Sevgi iztirobi serialini tanqid qilishi ortidan film namoyishitoxtatilgan edi. Oshanda serialning endigina ikkinchi fasli namoyishi boshlangandi. Zor TV telekanali 2019-yil iyul oyida Sevgi iztirobi efirga uzatilishini malum qildi. 30-iyul kuni soat 20:00 da serial qolgan joyidan efirga uzatildi. 31-iyul kuni esa serial efirga uzatiladigan vaqtda boshqa kongilochar korsatuv namoyish etildi. Bu safar serialning nima sababdan efirdan olib tashlanganigaizoh berilmadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (29-08-2020, 09:55)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
:
-
:
20 ... -