» » O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish bo‘yicha navbatdagi charter reyslarning to‘liq ro‘yxati e‘lon qilindi

O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish bo‘yicha navbatdagi charter reyslarning to‘liq ro‘yxati e‘lon qilindi


Respublika maxsus komissiyasi tomonidan turli xorijiy davlatlardagi O‘zbekiston fuqarolarini o‘z vataniga olib kelish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Xususan, 31-avgustdan 30-sentabrgacha bo‘lgan bir oy mobaynida amalga oshiriladigan temiryo‘l va charter reyslarining ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Transport vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va Respublika maxsus komissiyasiga kiritilgan rejaga muvofiq 28-avgustdan 20-sentabrga bo‘lgan davrda “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ tomonidan Yekaterinburg, Rostov-Don, Novosibirsk va Samara shaharlariga har hafta mobaynida maxsus temiryo‘l reyslari tashkil etiladi.

Shuningdek, ayni damda Turkiya, BAA, Belarus va Qozog‘iston bilan sentabr oyidan boshlab, bosqichma-bosqich ravishda muntazam aviaqatnovlarni tiklash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bunda epidemiologik vaziyat notinch bo‘lgan malakatlardan (qizil) havo kemasi bortiga qabul qilinayotgan yo‘lovchilardan COVID-19 kasalligiga parvozdan oldin 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda faqat PZR (polimera zanjirli reakatsiya) orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatgich ega deb topilgan ma’lumotnomani taqdim etish talab etiladi. Ma’lumotnoma ingliz yoki rus tillarida bo‘lishi lozim.

“Sariq” hududdan keluvchi yo‘lovchilar Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga COVID-19 kasalligiga PZR tekshiruvi yoki ekspress testi ma’lumotnomasini taqdim etishi kerak.

Charter reyslarining to‘liq ro‘yxati:

6-sentabr, yakshanba sanitariya kuni

13-sentabr yakshanba sanitariya kuni

20-sentabr yakshanba sanitariya kuni

27-sentabr yakshanba sanitariya kuni

Avvalroq Uzbekistan Airways sentabrga qadar xalqaro qatnovlarni bekor qilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Uzbekistan Airways Toshkent—Vladivostok—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha charter reys amalga oshiradi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют