» » Yangi Zelandiyada akula fransiyalik sayohatchi ayolning oyog‘ini tishlab oldi

Yangi Zelandiyada akula fransiyalik sayohatchi ayolning oyog‘ini tishlab oldi


Yangi Zelandiyada akula Fransiyadan tashrif buyurgan sayohatchi ayolga hujum qildi. Bu haqda 27-aprel kuni Otago Daily Times nashri xabar bermoqda.

Ayol yigiti va do‘stlari bilan Kurio ko‘rfazida syorfing bilan shug‘ullanayotgan edi. U syorfing taxtasi ustida yotganida yirtqich kutilmaganda uning oyog‘idan tishlab oldi.

Jarohatlangan ayolning do‘stlari uni plyajga olib chiqib, voqea joyiga vertolyot yetib kelguniga qadar akula tishlari tomonidan qoldirilgan chuqur yarasini ushlab turdi.

Hodisa guvohiga aylangan syorfing maktabi rahbarining aytishicha, ayol hushini yo‘qotmagan va xotirjamlikni saqlagan edi. Akulaning tishlari sayyohning arteriyalariga tegmagani uchun ayol ko‘p qon yo‘qotmadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-04-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют