» » Yevropadagi o‘zbekistonliklar Frankfurt—Toshkent yo‘nalishida charter reysi bilan olib kelindi

Yevropadagi o‘zbekistonliklar Frankfurt—Toshkent yo‘nalishida charter reysi bilan olib kelindi


Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan Yevropa davlatlarida vaqtincha bo‘lib turgan va COVID-19 tufayli O‘zbekistonga qaytib ketolmaganlarni olib kelish maqsadida Toshkent–Frankfurt-Mayn – Toshkent yo‘nalishida navbatdagi charter reys tashkil etildi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar bergan.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyoti bortidan Germaniya, Shvetsiya, Shveysariya, Chexiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Norvegiya va Belgiya davlatlaridan 172 nafar yo‘lovchi, jumladan, o‘zbekistonlik talabalar, sayyoh sifatida kelganlar, qarindoshlarining uylarida vaqtincha bo‘lib turganlar, shuningdek, O‘zbekistondagi turli ishlab chiqarish korxonalarining xorijiy mutaxassislari joy olgan.

Bundan avval Frankfurt-Mayn–Toshkent yo‘nalishida 370 nafar o‘zbekistonlik maxsus reysda vatanga qaytarilgandi.

“O‘zbekistonda Germaniya “sariq zona” hududga kiritilganini inobatga olib karantin vaqtini ham o‘z uyimizda o‘tkazishmiz haqidagi xabar bizni yanada quvontirmoqda.

Men qatori Yevropaning ko‘pgina davlatlarida qolib ketgan yurtdoshlarimiz uchun Vatanga qaytishga imkoniyat yaratib berildi”, – degan charter reysda O‘zbekistonga qaytayotgan talaba Ismoil Jo‘rayev.

Avvalroq O‘zbekiston fuqarolarini vataniga qaytarish maqsadida Uzbekistan Airways AJ tomonidan 2020-yil 31-avgust kuni Toshkent—Vladivostok—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha charter repatriatsiya qatnovi amalga oshirilishi xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют