» » O‘zbekistonda karantin cheklovlari yumshatilgandan so‘ng sodir etilgan YTHlar statistikasi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda karantin cheklovlari yumshatilgandan so‘ng sodir etilgan YTHlar statistikasi ma’lum qilindi


Toshkentda 1—7-avgust oralig‘ida 1 dona yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan va uning oqibatida ikki kishi tan jarohati olgan. 15-avgustdan keyingi birinchi haftaning o‘zida 17 ta YTH sodir etilgan va uning oqibatida 3 kishi vafot etgan, 22 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda karantin choralari yengillashtirilganidan so‘ng, yo‘l-transport hodisalarining keskin oshishi kuzatilmoqda.

“Ayrim ota-ona yoki aka-ukalarimizning farzandlarimizga nisbatan befarqligi, haydovchilarning o‘z yaqinlariga beparvo munosabati bo‘layotgani ayanchli oqibatlarga sabab bo‘lyapti. Kechki soat 18:00 dan tungi 03:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ini tahlil qilganimizda, begunoh insonlarning halok bo‘lishi yoki tan jarohati olib shifoxonaga murojaat etishi holatlari ko‘proq kuzatilmoqda”, — deydi Toshkent shahar IIBB YHXB boshlig‘i Rafiqjon Jalilov.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning yanvaridan 20-avgustga qadar jami 403 yo‘l-transport hodisalari sodir etilgan bo‘lib, ularning oqibatida 57 kishi halok bo‘lgan, 470 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Bolalar ishtirokidagi esa 38 ta yo‘l-transport hodisalari sodir etilgan bo‘lib, uning oqibatida 6 nafar bola halok bo‘lgan.

Avvalroq ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zbekistonda 2020-yilning o‘tgan yetti oyi davomida sodir etilgan jinoyatlarning har uchtadan bittasi firibgarlik, o‘g‘irlik va yo‘l-transport hodisasi hisobiga to‘g‘ri kelayotgani to‘g‘risida ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют