» » LG ming dollar evaziga noyob smartfon taqdim etishga tayyorlanmoqda

LG ming dollar evaziga noyob smartfon taqdim etishga tayyorlanmoqda


Internetda Janubiy Koreyaning LG Electronics kompaniyasi tomonidan yaratilgan qiziqarli smartfonga oid qo‘shimcha ma’lumotlar paydo bo‘ldi. LG Wing shartli nomini olgan smartfon aylanuvchi ekran ostida qo‘shimcha sensor displeyli noodatiy form-faktorga ega bo‘ladi, deb xabar beradi IXBT.

XDA-Developers resursining ma’lumotlarga ko‘ra, LG Wing narxi 1600 dollarni tashkil etadi, HeraldCorp’ning yozishicha esa, qurilma “ming dollar atrofida” bo‘ladi.

Mish-mishlarga ko‘ra, smartfon asosiy ekranining diagonali 6,8 dyuymni, kichkinasi esa 4 dyuymni tashkil etadi. Shuningdek, qurilmaga Snapdragon 765 yoki 765G protsessori, asosiy datchigi 64 megapiksellga teng kamera o‘rnatilishi kutilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, “rotator” form-faktori uzoq yillar oldin mashhurlikka erishgan — bu kabi telefonlar orqali QWERTY klaviaturalaridan foydalanish mumkin bo‘lardi. Albatta, u vaqtlarda ikkita sensor ekrandan foydalanilmagan, umuman olganda zamonaviy smartfon tushunchasining o‘zi ham bo‘lmagan.

Avvalroq LG o‘zini bakteriyalardan tozalash funksiyasiga ega simsiz naushniklarni 149 dollardan sotuvga chiqargani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: LG “rulon-smartfon” tayyorlamoqda. Qurilma ekrani korpusdan tortib chiqariladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 19:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют