» » Chinoz tuman markaziy shifoxonasining yangi binosi ochildi. Marosimda Alisher Shodmonov va Toshkent viloyat hokimi ishtirok etdi

Chinoz tuman markaziy shifoxonasining yangi binosi ochildi. Marosimda Alisher Shodmonov va Toshkent viloyat hokimi ishtirok etdi


Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil iyun oyida Toshkent viloyatiga tashrifi davomidagi topshirig‘i asosida viloyat sog‘liqni saqlash tizimidagi muassasalarni qurish, rekonstruksiya va ta’mirlash uchun qo‘shimcha 387 milliard so‘m mablag‘ hisobiga jami 71 ta davolash profilaktika muassasalari qurilish, rekonstruksiya hamda mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilangan edi. Unga muvofiq mustaqillikning 29 yillik bayrami arafasida Chinoz tuman markaziy shifoxonasining yangi bunyod etilgan binosi foydalanishga topishirildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Ta’kidlanishicha, ushbu shifoxona bunyod etilishiga 23,5 milliard so‘m sarflangan. Muassasa eng zamonaviy tibbiy texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, bemorlarga aniq tashxis qo‘yish, samarali davolash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Bolalar bo‘limi, shoshilinch tez yordam, terapiya va tug‘ruqxona bo‘limlari, umuman olganda, 140 o‘rinli mazkur zamonaviy shifoxonada nafaqat Chinoz tumani, balki qo‘shni viloyatlar va tumanlar aholisiga ham sifatli va samarali tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

“Bu yerdagi malakali shifokorlar samarali faoliyat yuritishi, kasallikka chalingan fuqarolarning sifatli tibbiy yordam olishlari, hatto bemorlarni ko‘rishga kelgan yaqinlari uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan. Bunday qulaylik esa pandemiya sharoitida aholining tezkor va zarur tibbiyot yordam olishlarida muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

Bir so‘z bilan aytganda, mazkur markaziy shifoxona tuman ahliga, mehmonlarga zamonaviy va sifatli tibbiyot yordam ko‘rsatadigan maskan sifatida uzoq yillar xizmat qiladi”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, shifoxonaning ochilish marosimida sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov 21-avgust kuni davolanib ishga qaytgan edi. Undan avval sog‘liqni saqlash vaziri 29-iyul kuni rejali davolanish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yotqizilgan edi. O‘sha vaqtda Alisher Shodmonovning koronavirusga chalinmagani, ishga 3?4 haftada qaytishi ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют