» » O‘zbekiston va Afg‘oniston 10 yil davomida elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha bitim imzoladi

O‘zbekiston va Afg‘oniston 10 yil davomida elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha bitim imzoladi


Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar 28-avgust kuni amaliy tashrif bilan Toshkentga kelgani xabar berilgan edi. Tashrif davomida Hanif Atmar kuni Bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport va logistika hamkorligining dolzarb masalalari, shuningdek, Afg‘onistonda energetika, temiryo‘llar qurilishi, savdo va infratuzilmani rivojlantirish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Surxon – Puli-Xumri elektr uzatish liniyasi qurilishini jadallashtirish va tegishli bitim loyihasi ustida ishlash, shuningdek, Xalqaro avtotransport bo‘yicha bitim loyihasini imzolashga tayyorlash doirasida ekspert muzokaralarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Temiryo‘l transporti sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali transport yo‘laklarini rivojlantirishda hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Savdo aylanmasini oshirish, jumladan, transchegaraviy savdoni kengaytirish va ikkala mamlakat bozorlariga xaridorgir qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarini yetkazib berishni tashkil etish maqsadida tegishli infratuzilmani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Afg‘onistonning Da Afghanistan Breshna Sherkat kompaniyasi (DABS) o‘rtasida 10 yil muddatga elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Esaltib o‘tamiz, iyul oyida O‘zbekiston TIV Afg‘onistonda Qurbon hayiti munosabati bilan uch kunlik sulh e’lon qilinganini olqishlagan, shuningdek, afg‘onlararo inkluziv muzokaralar olib borish uchun 400 nafar “Tolibon” a’zosining ozod qilinganini ijobiy baholagandi.

Avval Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahri yaqinidagi temiryo‘l qo‘riqchilariga hujum uyushtirilgani,  hujum oqibatida jarohatlangan o‘zbekistonlik — “So‘g‘diyona trans” korxonasining koordinatsiya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Termiz shahridagi kasalxonada davolanayotgani xabar qilingandi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov afg‘onistonlik hamkasbi bilan bog‘lanib, mamlakatda faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston kompaniyalari va korxonalari xodimlari uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilishini so‘ragan.

Mavzuga doir: Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi uzatishni muddatidan oldin to‘xtatdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют