» » Tyuning yordamida Mercedes mikroavtobusi g‘ildirakli uyga aylantirildi (foto)

Tyuning yordamida Mercedes mikroavtobusi g‘ildirakli uyga aylantirildi (foto)


Hartmann nemis atelyesi Mercedes-Benz Sprinter mikroavtobusini o‘zgartirishning keng ko‘lamli dasturini ishlab chiqdi. Tyuning ustalari Sprinter’ga katta karavot va oshxona joylashtirib, g‘ildirak ustidagi uyga alantirilgan, deb xabar berdi “Motor”.

Yangilikning asosiy jihati unda pol modulli alyuminiydan ishlangan, shu sababli salonda javon paydo bo‘lgan — unda 12 litr hajmli rakovina, ikki qopqoqli gaz plitasi, kichikroq muzlatgich va buyumlar saqlash uchun bo‘lmalar joylashgan.

Bundan tashqari, salonga yig‘ma stol va ikkita karavot o‘rnatilgan. Shuningdek, salon ichki qiyofasiga LED-yoritgichi, qo‘shimcha akkumulyator va 230 voltli rozetka o‘rnatilgan. Shu bilan birga modelda shovqindan himoya qilish vositasi ham bor.

Modulli pol mashinadagi o‘rindiqlarni siljitish hamda deyarli barcha qurilmalarni demontaj qilish imkonini beradi. Shu sababli Sprinter tezda oddiy furgonga aylana oladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-04-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют