» » Toshkentda piyodani urib yuborib qochib ketgan Nexia haydovchisi o‘z aybiga iqror bo‘lib IIBga bordi

Toshkentda piyodani urib yuborib qochib ketgan Nexia haydovchisi o‘z aybiga iqror bo‘lib IIBga bordi


Toshkentda Nexia-3 haydovchisi YPX inspektorlarining to‘xtash to‘g‘risidagi ishorasiga amal qilmasdan, piyodani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 27-avgust kuni soat 23:45 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasida joylashgan “Qurolli kuchlar akademiyasi” qarshisida 27 yoshli Nexia-3 haydovchisi avtomobilni boshqarib ketayotib, ushbu ko‘chada xizmat olib borayotgan YPXB Maxsus batalyon 2-safarbar guruhi inspektori D.Abdullayevning to‘xtash ishorasiga amal qilmasdan harakatini davom ettirgan.

Shuningdek, qoidabuzar haydovchi KHAY—Parkent ko‘chalari chorrahasida xizmat olib borayotgan YPXB Maxsus batalyon inspektori Sh.Tuklibayevning ham to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirib, yuqori tezlikda harakatlanib, Parkent ko‘chasi 69-uy qarshisida tartibga solinmagan piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Shundan so‘ng, u YTH joyidan yashirinib, avtomobilni Qibray tumani “Gulbog‘” MFY, Gulbog‘ ko‘chasiga tashlab ketgan.

28-avgust kuni esa soat 13:00 larda haydovchi o‘z aybiga iqror bo‘lib, IIBga murojaat qilgan va YTH joyiga qaytib kelgan.

YTH natijasida piyoda, (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) Yevropa millatiga mansub, yoshi taxminan 65-70 larda bo‘lgan erkak kishi, olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, qoidabuzar haydovchi bir yil mobaynida 4 marotaba ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda Spark’da piyodani urib yuborgan 24 yoshli haydovchi voqea joyidan qochib ketgani, 59 yoshli erkak esa shifoxonada vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Parkentda piyodani urib yuborib, hodisa joyidan qochib ketgan “Jiguli” haydovchisi topildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 22:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют