» » Berlinda rasmiylarning COVID-19 bo‘yicha siyosatiga qarshi minglab odamlar namoyishga chiqdi

Berlinda rasmiylarning COVID-19 bo‘yicha siyosatiga qarshi minglab odamlar namoyishga chiqdi


Minglab namoyishchilar 29-avgust kuni Berlinda hukumatning koronavirus pandemiyasiga qarshi siyosatiga qarshi norozilik namoyishlarini o‘tkazdi, deb xabar berdi “Interfaks”.

Bild nashrining politsiyaga tayanib xabar berishicha, Fridrixshtrasse shahrining markaziy ko‘chasida 18 mingga yaqin odam yig‘ilgan, bu ushbu turdagi eng yirik namoyishlardan biridir.

Berlinda 29-avgust kunidan beri xavfsizlikni ta’minlash uchun uch ming politsiya xodimi yollangan. Nashrning yozishicha, namoyish bo‘layotgan joyga bir necha yildan beri o‘z maqsadida ishlatilmagan, faqat ko‘chalarni to‘sish uchun foydalanilgan suv purkovchi mashinalar olib kelingan.

“Interfaks” muxbiri voqea joyidan ma’lum qilishicha, katta namoyish o‘tkazilishi kutilayotgan Katta yulduz maydoniga olib boruvchi ko‘plab markaziy ko‘chalar yopilgan.

Brandenburg darvozasida namoyishchilar tomonidan ovozni kuchaytiruvchi uskunalar o‘rnatilgan sahna ham bor, unda baland musiqa yangramoqda. Brandenburg darvozasining narigi tomonidan boshlanadigan Unter den Linden ko‘chasi ham odamlar bilan to‘la.

Namoyishning deyarli barcha ishtirokchilari niqobsiz. Ayni paytda, Berlin transport xavfsizligi xodimlari metroning kirish qismida navbatchilik qilib, odamlardan niqoblarni kiyishni so‘ramoqda.

Gavjum joylarda politsiyachilar ko‘p, ammo ular mitingga xalaqit bermoqchi yoki namoyishchilarni tarqatib yubormoqchi emas.

O‘tgan payshanba kuni Germaniya kansleri Angela Merkel koronavirusdan himoya qiluvchi niqobi yo‘qligi uchun Saksoniya-Anhaltdan tashqari butun mamlakat bo‘ylab 50 yevro jarima solinayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi oylarda Germaniyada yuqumli kasalliklar darajasi oshgan. Shu nuqtayi nazardan, rasmiylar “o‘z strategiyalarini qayta ko‘rib chiqmoqchi”.

Bundan tashqari, Germaniya hukumati pandemiya sababli kamida 31-dekabrga qadar yirik tadbirlar, konsertlar, festivallar va folklor festivallarini taqiqlashni rejalashtirmoqda. Istisno faqat koronavirus kamroq avj olgan mintaqalar uchun ruxsat etiladi.

Jons Hopkins universitetining ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyada jami 242 135 ta COVID-19 bilan kasallanish holati aniqlangan. Bemorlarning 9297 nafari vafot etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 23:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют