» » Shimoliy Koreya radiostansiyasi YouTube orqali xorijdagi agentlariga maxfiy xabar yo‘lladi

Shimoliy Koreya radiostansiyasi YouTube orqali xorijdagi agentlariga maxfiy xabar yo‘lladi


Shimoliy Koreyaning Pyongyang Broadcast Service davlat radiostansiyasining YouTube kanalida noodatiy xabar raqamli kodlar to‘plami bilan yuklanib, keyin o‘chirib tashlangan yoki yashirilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.

Joseon-Ilbo gazetasining yozishicha, “0100011001-001” deb nomlangan taxminan bir yarim daqiqa davom etgan video xostingga 29-avgust kuni ertalab yuklangan.

Janubiy koreyalik jurnalistlar buni KXDRning chet eldagi maxsus agentlariga atalgan shifrlangan xabari sifatida talqin qilgan. Unda “719 ekspeditsiya agentlari uchun masofaviy ta’lim universiteti axborot texnologiyalari to‘g‘risida asosiy ma’lumotlarni takrorlash vazifasi” mavjud edi. Videodagi muxbir ayol “564-bet 23-raqam, 479-bet 19-raqam, 694-bet 20-raqam” kabi iboralarni o‘qigan.

Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, bu KXDR o‘zining josuslariga xabar tarqatish uchun birinchi marta YouTube kanalidan foydalanishi. Ularning ta’kidlashicha radio Sovuq Urushdan beri bunday eshittirishlarni muntazam ravishda namoyish etib keladi. Bu yil oxirgi marta bunday eshittirishlar 7 va 13-mart kunlari bo‘lib o‘tgan.

Hozirda “0100011001-001” videosi kanal sahifasida mavjud emas. Ma’lum qilinishicha, videoni kamida 2,5 ming kishi tomosha qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 03:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют